"Toshkent Yog‘-Moy kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilayotgan ishchilar maoshlaridan norozi

27.04.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent Yog‘-Moy kombinati» ochiq aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilib, mehnat huquqlari buzilayotgan, ishdan noqonuniy bo‘shatilgan va ish haqlari berilmayotgan xodimlar murojaat qildi" nomli sarlavha bilan xabar  tarqalgan edi.
Mazkur xabar Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida, jamiyat tomonidan xodimlarga ish haqlari oz miqdorda hisoblangan holda toʻlanib kelinayotganligi aniqlandi va ularning maoshini undirish uchun fuqarolik ishlari sudga ariza kitirildi.