Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

27.05.2021

🌐Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audioyozuv (https://t.me/adolat_kuychisi/1729) bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

🔰O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Obodonlashtirish boshqarmasining xodimi Sh.Qobdulov 2021 yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga majburiy mehnatga jalb etilganligi yuzasidan murojaat qilgan. Holat o‘rganilib, murojaatchining xabari o‘z tasdig‘ini topgan va O‘rtachirchiq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Turdiqulovga nisbatan 2021 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

2021 yil 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-qismiga asosan O‘rtachirchiq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari A. Turdiqulov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Xodim va rahbar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli jarayon audioyozuvga yozib olingan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan suhbat bo'yicha Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 3-qismiga asosan xodim bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga zid ravishda bekor qilinganligini aniqladi.

Mazkur holat yuzasidan, belgilangan tartibda O‘rtachirchiq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining nomiga ishga tiklash bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma kiritildi.