Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Yakkasaroy tumanlari Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyati o‘rganildi
Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Yakkasaroy tumanlari Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyati bilan tanishildi.
Bugungi kunda tumanlarda hujjat almashinuv ishlari to‘liq davlat tilida olib borilmoqda. Tashkilot blankasi, muhri va ish hujjatlari lotin yozuviga o‘tkazilgan. “Maʼnaviyat burchagi” tashkil etilgan.
Markazlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha masʼul xodimlar belgilangan.
Vazirlik mutaxassislari markaz xodimlari bilan uchrashib, yurtimizda davlat tilida ish yuritish masalasida olib borilayotgan islohotlar, kuni kecha muhokamaga qo‘yilgan lotin alifbosidagi o‘zgarishlar borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.