Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazda sayyor qabul tashkil etildi.

28.05.2022

Ushbu tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov ishtirok etdi.Qabul davomida 24 nafar fuqarolar turli xil masalalarda murojaat qilishdi. Shundan 7 nafari doimiy ish bilan ta’minlash, 12 nafari kasb-hunarga o‘qish va 5 nafari subsidiya orqali asbob- uskunalar olish yuzasidan murojaat qilishdi. Shayxontohur tumanidan subsidiya olish uchun ariza topshirgan 5 nafar fuqaroga o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha asbob-uskunalar topshirildi.