Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 41 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi
09.04.2021
Olmazor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan "Mahallabay" ishlash jarayonida aniqlangan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar berilgan edi.
Bugun kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va bugalteriya yo‘nalishlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan 41 nafar bitiruvchilarga Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Quvonarlisi, shu kunning o‘zida bitiruvchilarning 7 nafari egallagan kasbi bo‘yicha ishga joylashtirildi.