Toshkent muzeyiga sayohat
Mehnat jamoasida xodimlarga munosib shart-sharoitlar yaratish, yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish hamda vatanimiz tarixini chuqur o‘rganish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yangi tashkil etilgan Toshkent muzeyiga vazirlik tizimining faol jamoasining sayohati uyushtirildi.
Xodimlar “Buyuk ipak yo‘li”ning gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markazlaridan bo‘lib kelganligi, Vatanimizning oltin ostonasi bo‘lmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, go‘zal va obod megapolislardan biriga aylanib borayotganligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Mazkur Toshkent muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettirishi va hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘planganligi bilan ahamiyatli ekanligini namoyon etadi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar poytaxtning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, ilm-faniga doir betakror fotosuratlar, qadimiy shaharning maketlari, milliy liboslari, hunarmandchilik asboblari, shaharning turli xil ko‘rinishdagi xaritalari bilan tanishdilar.
Toshkent tarixiga nisbatan o‘ziga xos tasavvurga ega bo‘lgan ishtirokchilar endi oilasi va farzandlarini ushbu muzeyga olib borishni maqsad qilib sayohatni yakunladilar.