#Tayinlov

25.05.2022

G'anijon Sattarov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘iga asosan, Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bugunga qadar G'anijon Sattarov Hazorasp tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.