Tatariston Respublikasi bilan hamkorlikda mehnat sohasida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi

30.10.2019

Tatariston Respublikasi Mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vaziri Elmira Zaripova boshchiligidagi delegatsiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya Tatariston Mehnat vaziri bilan birga, vazir o‘rinbosari Klara Tazetdinova, TR davlat kengashi deputati Albert Muxametshin, “Metroelektrotrans” DUK bosh direktori Asfan Galyavov, “Almetov yo‘lovchi avtotransport ishlab chiqarish birlashmasi” AJ bosh direktori o‘rinbosari Diana Rashitova, xususiy tadbirkor Sergey Minaevdan tarkib topgan.

Bugun 30-oktabr kunning birinchi yarmida Tatariston delegatsiyasi Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish monomarkazi” MCHJda bo‘ldi.

мм1

мм5

мм2

Delegatsiya dastlab “Ishga marhamat” MCHJda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tashrifning asosiy mazmunini delegatsiya a'zolarining O‘zbekistonda ish olib borayotgan xususiy bandlik agentliklari vakillari bilan uchrashuvi hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ma'lumot almashishi tashkil etdi.

мм4

мм3

мм6

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Tatariston Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan tartibda jo‘natish va jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

тт1

тт2

тт3

тт5

Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Tatariston Mehnat vazirliklari o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolash, O‘zbekistonda Tatariston Respublikasiga ishga ketishdan oldin tayyorlaydigan o‘quv markazini ochish, Tataristondagi yirik ish beruvchilar bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan XBA o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro ma'lumot almashish, shuningdek, hamkorlik rejalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishildi.

тт4

тт6

тт7