Ta’sirli, ammo tadbirli... Nukusda imkoniyati cheklanganlar ham kasb-hunarga o‘qitilmoqda

24.02.2022

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida ayni paytda 40 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar turli kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati “Darakchi”ga ma’lum qildi.

Bu tashabbus 2021-yilning 21-dekabrida qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori sababli shakllantirilgan.

Batafsil ➡️ http://darakchi.uz/uz/139513