Tashrif
12.05.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga boradi.
Safar davomida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.