Siz qonunni bilasizmi?

04.09.2020

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga 1 yil to‘ldi

2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 9-moddasiga muvofiq:

Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari belgilangan:

✔️ Unga ko‘ra mehnat organlari:

- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

- ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;

- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

- Shuningdek, vakolatli organ xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilish imkoniyatiga ega.