Sirdaryo viloyatida tomorqa xo‘jaliklari uchun subsidiyalar ajratilmoqda

14.04.2020

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi 17 ta mahalladagi 85 nafar kam ta'minlangan oila vakillariga ularni tomorqa xo‘jaligida band qilish uchun 16,5 mln.so‘m subsidiyalar ajratildi.

photo_2020-04-13_17-58-38

Ajratilgan subsidiya hisobiga “Mirzaobod tomorqa servis bir” MChJ tomonidan 16 ming dona bulg‘or qalampiri, 24 ming pomidor, 2 ming dona baqlajon va 7 kilogramm bodring urug‘lari yetkazib berildi.

photo_2020-04-13_17-58-39

Ushbu urug‘ va ko‘chatlar mahallada haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar tomonidan kam ta'minlangan fuqarolar xonodonlarining tomorqasiga to‘liq ekilib berildi.