SIRDARYO VILOYATIDA O‘TKAZILAYOTGAN MEHNAT YARMARKALARINING IKKINCHI KUNGI TADBIRLARI OQOLTIN TUMANIDAGI "SHODLIK" MAHALLASIDA O‘TKAZILA BOSHLANDI
“Sardoba” suv ombori toshqinidan talofat ko‘rgan tumanlarning ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarini doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalarining ikkinchi kungi tadbirlari Oqoltin tumanidagi "Shodlik" mahallasida o‘tkazila boshlandi.
"Ishga joylaytirish va tadbirkorlikka jalb etish yarmarkasi"da tuman va mahalliy aholi, band bo‘lmagan fuqarolar, bitiruvchi yoshlar, ishsiz xotin-qizlar qatnashmoqda.
Ular 80 ga yaqin korxona va tashkilotlardagi mavjud vakansiyalarga, zahiralangan ish o‘rinlariga, investisiya va tijorat banklari loyihalari hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga hamda mutaxassislik talab etilmaydigan ishlarga jalb etiladi.
Shuningdek, yarmarka doirasida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirgan holda ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etib, ishsizlarni a’zo sifatida biriktirish, mutaxassislik talab etiladigan ish joylarga qisqa muddatli o‘quv kurslari joriy etib, kasbga o‘rgatish va ishga joylashtirish rejalashtirilgan.