Seul shahar shifoxonasidagi O‘zbekiston fuqarosiga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi tomonidan Seul shahar shifoxonasida bir necha oydan buyon davolanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovga yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.
Mazkur reja asosida Agentlik vakolatxonasi tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida Seul shahar ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalarni kompensatsiyalash Xizmati qarori bilan Abram Oqilovga sug‘urta badali berila boshlandi.
Xususan, 29-aprel holatiga ko‘ra shifoxona xarajatlari va mehnat layoqati yo‘qotilgani uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan 157000 AQSh dollari miqdorida badal puli va 2018-yil iyulidan noyabrgacha bo‘lgan ish haqining 70 foizi to‘landi. Bundan tashqari, Abram Oqilovning akasiga Koreyada bo‘lgan davri uchun sarflagan xarajatlarini qoplash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Ta'kidlash joizki, 17 maydagi muzokaralar natijasida ish beruvchi ham yetkazilgan zarar uchun badal puli to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Ayni paytda Abram Oqilovni O‘zbekistonga transpartirovka qilish uchun shifoxonaning chiqish ruxsatnomasini berishi kutilmoqda. Ruxsatnoma olinishi bilan bemor O‘zbekistonga olib kelinadi. Hozir Abram Oqilovning holati barqaror. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi Abram Oqilov ishi bo‘yicha Koreyaning tegishli tashkilotlari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Agentlik vakolatxonasi mas'ullari bemorning shifoxonadagi yaqinlari bilan doimiy ravishda bog‘lanib turibdi.
Seul shahar ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalarni kompensatsiyalash Xizmati Komissiyasining qarori