#Sayyor_qabul_Surxondaryo
14.06.2022
Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Sariosiyo tumanida o‘tkazildi.
Unda Qumqo'rg'on, Denov, Sariosiyo, Sho'rchi tumanida istiqomat qiluvchi 60ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi.
Shundan, 32 nafari ijobiy hal etildi jumladan, 15 nafari ishga joylashtirilib va yana 11 nafar arizachi qisqa muddatli o'quv kurslariga jalb qilindi. Murojaat qilganlarning 8 nafariga mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazalariga oid huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi. Sho'rchi tumanidagi "Indenim" klasterida 4 oylik ish haqini ololmayotgan fuqaroning masalasi belgilangan tartibda nazoratga olindi.