Sardobada qurilish ishlari avjida

22.05.2020

#Bandlik
#Sirdaryo_viloyati

Ayni kunlarda Sardoba tumanida sodir bo‘lgan talofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida respublikamiz viloyatlaridan keltirilgan quruvchilar brigadasi ish olib bormoqda. Mazkur ishlarning olib borilishini o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E. Muhitdinov joriy yilning 21 may kuni Mirzaobod, Oqoltin tumanlaridagi jarayonlarni o‘rgandi.

Bu tumanlarga qurilish-ta'mirlash ishlari uchun viloyatlardan 1500–2000 nafar ishchi jalb etilgan. Bundan tashqari mahalliy aholi orasida ham mehnatga layoqatlilar bu jarayonlarga jalb etildi. E.Muhitdinov mavjud shart-sharoitni o‘rganar ekan, mutassadilarga ishni yanada samaraliroq tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berib o‘tdi.

Qayd etish joizki, mazkur jarayonga shartnoma asosida jalb etilganlar karantin talablariga javob beradigan sharoit: yotoq joy va 3 mahal ovqat, 1,5 mln dan 2,5 mln gacha oylik bilan ta'minlangan. 

photo_2020-05-21_18-06-30 

photo_2020-05-21_18-06-26 

photo_2020-05-21_18-06-23 

photo_2020-05-21_18-06-29