"Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqarolarning “Indorama agro” MCHJ tomonidan paxta chopiq pullari berilmaganligi" sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

16.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda "Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqarolarning “Indorama agro” MCHJ tomonidan paxta chopiq pullari berilmaganligi" mazmunidagi xabar https://t.me/sizdantelegram/36935 bo‘yicha Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolar B.Xudoyorova, N.Norbobekova, M.Qahhorova, A.Usarova va F.Kucharovalarga tegishli paxta chopiq pullari ish beruvchi tomonidan berilmaganligi aniqlandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarga berilmagan jami 2 300 000 so‘m (ikki million uch yuz ming) pul mablag‘lari undirib berildi.