SARDOBA TALOFATIDAN JABR KO‘RGAN AHOLINING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

13.10.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Sardoba suv omboridagi texnogen halokat natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida talofat ko‘rgan mahallalarning ishsiz qolgan aholisi bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Har bir talofat ko‘rgan mahallada aholini ishga joylashtirish shtablari tashkil etilib, ularga Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari mas’ul etib biriktirildi.
Shtab vakillari tomonidan talofat ko‘rgan mahallalarda uyma-uy yurilib, vaqtinchalik ishsiz qolgan va mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan fuqarolarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 785 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi va ushbu maqsadlarda vazirlik huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi (6,5 mlrd.so‘m) va Jamoat ishlari jamg‘armasidan (6,4 mlrd.so‘m) jami 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratildi, jumladan:
Birinchidan, 3 897 nafar fuqarolar jamoat ishlariga, jumladan mahallalar hududlari, ularda joylashgan ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarni (maktab, bolalar bog‘chasi, oilaviy poliklinikalar) tozalash va obodonlashtirish ishlariga jalb etildi.
Shu jumladan, 1 048 nafar ishsiz fuqarolar 1 870 ta talofat ko‘rgan uylarni qurish, tiklash va ta’mirlash ishlariga jalb etildi.
982 nafar ishsiz fuqarolar, shundan 324 nafar qaytib kelgan mehnat migrantlari mahallalarda 35,6 kilometr piyodalar yo‘lagi (trotuar) qurilishiga jalb qilindi.
Ikkinchidan, tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida 805 ta tiklangan uylarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratilgan 3,4 mlrd so‘m subsidiyalar hisobiga yengil konstruksiyali issiqxonalar, sug‘orish vositalari o‘rnatildi hamda urug‘ va ko‘chatlar sotib olindi.
Uchinchidan, 168,7 gektar yer maydonda tashkil etilgan 8 ta qishloq xo‘jaligi kooperativiga 453 nafar ishsiz fuqaro biriktirildi va ularga kooperativ ustav fondiga a’zolik ulushi sifatida bir milliard so‘mdan ortiq subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Masalan, Sardoba tumani “Do‘stlik” hududidan 15 gektar yer maydoniga “Green garden” kooperativi tashkil etildi va unga 50 nafar kam ta’minlangan oila a’zolari biriktirildi.
To‘rtinchidan, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy
kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish maqsadida Mirzaobod tumanida o‘quv maskani barpo etilib, tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, o‘quv maskani binosida mahalliy yoshlar va
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv ustaxonasi, go‘zallik saloni, avtomobillar ustaxonasi, kutubxona va savdo do‘koni ochiladi.
Beshinchidan, mehnat organlari yo‘llanmasi bilan 600 nafar xotin-qizlar tikuvchilik sohasida kasbga o‘qitilib, ularning o‘quv harajatlari uchun 400 mln.so‘m mablag‘lar ajratilidi.
Kasb-hunargga o‘qigan yoshlar mahalliy tekstil korxonalariga ishga joylashtirilmoqda ("Oqsaroy tekstil" MChJga - 100 nafar, "Nafis liboslar" MChJga - 200 nafar, "FINBA TEKSTIL" MChJga - 150 nafar, "Axmadjon tekstil" MChJga - 150 nafar).