Samarqand shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun kasb-hunar markazlariga ekskursiya tashkil etildi

10.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5216-sonli qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan vazifalar hududlarda ijro etilmoqda.

Samarqand shahridagi “1-son Mehribonlik uyi” va "SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari" uyushmasi Samarqand filiali bitiruvchilari uchun “Ishga marhamat” monomarkazi, kasb-hunarga o‘qitish markazi hamda ishlab chiqarish korxonalariga tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.