Rossiya temiryo‘l qurilishiga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi

20.05.2021

«Rossiya temir yo‘llari» OAJ boshqaruvi raisi – bosh direktori Oleg Belozerov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘ratasidagi transport va logistika hamkorligi masalalari hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Shuningdek, uchrashuvda Rossiya hududida temiryo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun O‘zbekistondan malakali kadrlarni jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan, «Rossiya temir yo‘llari» OAJ va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun O‘zbekistonning malakali mehnat resurslarini jalb qilishni tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.