Rossiya Federatsiyasining Federal tibbiy-biologik agentligi (ФМБА) a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi

07.10.2021

Vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasining Federal tibbiy-biologik agentligi (ФМБА) delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga jalb etish bo'yicha Pilot loyihasi doirasida keyingi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga yuborilayotgan fuqarolarni O'zbekiston Respublikasida tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi batafsil ko'rib chiqildi.