"Recruit consulting work” xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziya to‘xtatildi

23.01.2020

“Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45-bandiga muvofiq, “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu 10 kun davomida “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi talab etiladi.

Вазирликнинг расмий саҳифалари

Facebook I Instagram I Telegram