SAMARQAND VILOYATIDA “SAYYOR QABUL” VA “BO‘Sh ISH O‘RINLARI YARMARKA”LARI O‘TKAZILDI

11.11.2020

Joriy yilning 10 noyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, hokimlik  hamda idoralar masʼul xodimlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul negizida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si o‘tkazildi. Yarmarkada tumanda  faoliyat olib borayotgan 26 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalari o‘zlarida mavjud 135 ta bo‘sh (vakant) va zahiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ushbu yarmarkaga shu yerda istiqomat qiluvchi 448 nafar fuqaro, xususan, 139 nafar taʼlim muassasasini bitirgan yoshlar, 213 nafar ayollar va boshqa ish qidiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda tegishli hamkor davlat tashkilotlari tomonidan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar burchagi tashkil qilindi. Qolaversa, yoshlarni egallagan kasb-mahorati va qobiliyatini namoyish etish uchun  sharoitlar yaratildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkada 125 nafar fukaroga ishga joylashish va o‘z bizneslarini  ochishga ko‘maklashish  bo‘yicha tegishli  maslahatlar, shuningdek,
47 nafar(17 nafari yoshlar) fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

Shuningdek, xuddi shunday “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” viloyatning Urgut tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda faoliyat olib borayotgan 77 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 327 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Mazkur yarmarkaga jami 183 nafar fuqaro ishtirok etib, shundan 116 nafari yoshlar, 85 nafari xotin-qizlarni tashkil etdi. Murojaat etganlardan 66 nafariga (30 nafari yoshlar, 25 nafari xotin-qizlar) turli sohalarga ishga joylashish uchun yullanmalar berildi. Murojaat etgan 110 nafar fuqaroga turli sohalarga ishga joylashish bo‘yicha xuquqiy maslahatlar berildi.