Qoraqapogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida targʻibot tadbiri o‘tkazildi

05.03.2021

Qoraqapogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda  Qoraqapogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbar va xodimlari hamda Qoraqapogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati, aholi xonadonlarining raqamlanish holatlari toʻgʻrisida tegishli tushuntirish ishlari olib borilganligi haqida ma'lumot, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e'lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita” tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.