Qarshi tumanida ayollar bandligi ta'minlandi
#Besh_tashabbus
#Ayollar_bandligi
#Davlat_dasturi
#Hududlardan_yangiliklar
Joriy yilgi Davlat dasturida kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ishlar qilinishi ta'kidlangan. Xo‘sh, bunga erishish yo‘llari qanday? Prezidentimiz ta'kidlanganlaridek, bunda xalqqa baliq emas, qarmoq berish lozim.
Shu maqsadda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan. aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy choralar olib borilmoqda. Xususan, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash ham alohida e'tibor qaratilyapti. Shunday tadbir Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ham amalga oshirildi. Qarshi tumanida 60 o‘ringa mo‘ljallangan tikuvchilik sexi ishga tushirildi hamda 60 nafar xotin-qiz ish bilan ta'minlandi.