“Qarmoq” yaxshimi, “baliq”mi?

18.04.2023

Mamlakatimizda kam ta'minlangan, ishsiz yurtdoshlarimizga ijtimoiy yordam ko'rsatish, ularga kasb-hunar o'rgatish, bandligini ta'minlash, doimiy daromad manbai borasida keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Tog'rida, uzatilgan qo'ldan baliqni olmay, qarmoqqa ega bo'lgan odam doimiy baliq ovlash imkoniga ega bo'ladi. Bu esa to'kinlik degani...
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Jamoat ishlari jamg'armasi fuqarolarimizning hunaridan daromad topishi, tadbirkorlik ishini yo'lga qo'yishiga ko'maklashish maqsadida aholiga ish qurollari, asosiy vosita va inventarlarni ijara asosida berib kelmoqda. Ko'plab yurtdoshlarimiz bu ko‘makdan unumli foydalanyapti.
Toshkent viloyatining Nurafshon tumanidagi "Muhtarambonu, Habibabonu" MCHJ tekstil yo'nalishida faoliyat boshlagandi. Muxlisa Alijonova rahbarlik qilayotgan korxona asta-sekin rivojlana borgach, ish ko'lamini kengaytirishga ehtiyoj sezdi.

💼Korxona rahbari ko'p uzoq o‘ylanmadi, Jamoat ishlari jamg'armasiga murojaat qilib, qo‘shimcha tikuv mashinalariga ehtiyoji borligini aytdi.
Qarabsizki, jamg'arma 20 ta tikuv mashinasini qulay ijara shartlari asosida yetkazib berdi. Natijada korxonada 20 ta yangi ishchi o'rni yaratildi.
Quvonarlisi, bandligi ta'minlangan xotin-qizlarning aksariyati "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Temir daftar"da ro'yxatda turadi.
💳Korxonada ayollar uchun nimchalar ishlab chiqariladi. Oqila tadbirkor Muxlisa Alijonova hozirda 1 mlrd 200 mln so‘mlik shartnoma asosida mahsulotlarni Rossiya davlatiga eksport qilishni yo'lga qo'ydi.
💲Ish bilganga ming tanga, deganlari shu bolsa kerak. Ana "syurprizu" mana "syurpriz"!!!