Prezident topshirig‘iga ko‘ra barcha farmasevtika korxonalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular tomonidan 50 ga yaqin muammo ko‘tarildi.

12.04.2022

 

Misol uchun:

- tibbiyot muassasalari tomonidan davlat xaridlarida dori vositalarini “savdo nomi” bilan joylashtirish, bir necha dorilarni bitta lotga qo‘yish holatlari mavjud;

- mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasidan foydalana olmayapti;

- tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun kerakli dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud;

- korxonalar bilan mahsulotini 3 yil davomida kafolatli sotib olish (ofteyk) tizimini joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanmadi.

Bundan tashqari, ichki bozorda qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo‘q.

Misol uchun, 2021 yilda 24 turdagi qalbaki, 400 turdagi sifatsiz, 1,5 mingdan ziyod nomdagi kontrafakt va 2,5 ming nomdagi ro‘yxatdan o‘tmagan dori va tibbiyot buyumlari savdosi aniqlangan.

Bosh prokuraturaga bu boradagi nazoratni kuchaytirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.