Vazirlik vakillari Umumrossiya Mehnat ilmiy tadqiqot institutida

23.07.2021

Ayni kunlarda vazirlik vakillari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Umumrossiya Mehnat ilmiy tadqiqot institutida amaliy tashrif bilan bo’lib turibdi.

Undan maqsad Umumrossiya Mehnat ilmiy tadqiqot instituti faoliyati yo‘nalishlari bilan tanishish, institutning yetakchi olimlari, markazlarning tajribasini o‘rganish va hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy amaliy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab olishdir.

“Bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha davlat siyosatining moliyaviy modeli” nomli xalqaro konferensiyada vazirlikning Ijtimoiy tahlil, statistika va xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i Adiba Nuruddinova “Ishsizlikdan ijtimoiy himoyalanish:O‘zbekistondagi tajriba” mavzusida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.