POYTAXTIMIZNING OLMAZOR TUMANIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” O‘TKAZILMOQDA

15.10.2020

Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka jalb etish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida poytahtimizning Olmazor tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazilmoqda. Unda 250 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 3,5 mingdan ortik bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. “Mehnat yarmarka”sida 4500 nafarga yaqin ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari qatnashishmoqda.