O‘zbekiston va Tojikiston Mehnat institutlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
09.08.2021
Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Shirin Amonzoda bilan uchrashdi.
Unda mehnat va aholi bandligi sohasidagi 2021-2023 yillarga mo'ljallangan kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi.
Marosim so'ngida Tojikiston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi Mehnat institutlari o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ma'lumot o'rnida: Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolanishi mazkur Memorandumni amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qo'shni davlat delegatsiyasi tashrifi Yashnobod tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazida davom etadi.