Payvandlash kasbi bo‘yicha ilk onlayn malaka oshirish kurslariga start berildi

01.06.2020

#Kasbga_o‘qitish

#Hamkorlik

Respublikamizda pandemiyaning tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin va cheklovlar sababli ta’lim jarayonlari onlayn shaklda olib boriladigan bo‘ldi. Bu kabi o‘qitish shakli Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi tasarrufiy tashkilotlarda ham amalga oshirilmoqda.

Bugun, 1 iyun kuni vazirlik tasarrufidagi “Ishga marhamat” monomarkazida Xitoy Xalq Respublikasining “Uzbek-China Professional Training Center” QK MChJ hamkorligida payvandlash kasbi bo‘yicha ilk onlayn malaka oshirish kurslariga start berildi.

Хитой 5

Xitoylik mutaxassislar tomonidan «Ishga marhamat» Monomarkazining «Payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilaning masofadan turib kasbiy malakasini oshirishi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganligidan darak beradi. Mehnat bozorida talab bo‘lgan payvandlash kasbiga o‘qitishning yanada sifatli, qisqa muddatlarda tashkil etilishi kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Хитой 

Qayd etish joizki, shunday strategik hamkorlik 2019 yil 28 oktyabr kuni “Uzbek-China Professional Training Center” bilan yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, “Bir makon, bir yo‘l” dasturi doirasida O‘zbekiston–Xitoy strategik hamkorligining rivojlanish bosqichlari, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan ishlar, yo‘nalishlar, ta’limning professional platformasini yaratish, texnika sohasi, axborot texnologiyalari, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash nazarda tutilgan.

Хитой 2

Хитой 1