Paxta yig‘im-terimi mavsumida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar
Xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Sirdaryo viloyatida 2020 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishga ixtiyoriy ravishda qatnashadigan ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi uchun tashkil etilgan dala markazlaridagi sharoitlarni o‘rganmoqda. N.Xusanov Sirdaryo tumani hududidagi «Yangi hayot» SIUda bo‘sh turgan mexanizatorlar uyi dala markazida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu tashkil etilgan dala markazida paxta-yig‘im terimida qatnashadigan 420 nafardan ortiq terimchilar uchun 10 ta chodirlardan yotoq joylar tayyorlangan. Bu yerda 420 nafar terimchilar uchun yotoq joylari, tibbiy ko‘riklar xonasi, ma’naviyat xonasi, yuvinish xonalari va hojatxonalar tashkil etildi.
Bundan tashqari, ushbu dala markazi oshxona jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Ushbu dala markazida bugungi kunda jami 415 nafar terimchilar, jumladan, Surxondaryo viloyatidan 355 nafar va Farg‘ona viloyatidan 60 nafar terimchilar joylashgan.