“Parkent suv qurilish” MCHJ ishchilari ishlagan davri uchun o‘z maoshlarini olmagan
27.07.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumanidagi 2021 yilda o‘z faoliyatini to‘xtatgan “Parkent suv qurilish” MCHJ ning bir qator ishchilari avval ishlagan davri uchun o‘z maoshlarini olmagani to'g'risida xabar tarqalgan.
Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligini ma'lum qilamiz.. Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.