O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligida mavsumiy bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan mehnatga adolatli yollash mavzusida onlayn seminar

28.08.2020

O‘zbekistonda munosib mehnat dasturini amalga oshirish Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi uch tomonlama hamkorlari tashabbusi orqali boshlangan.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq respublikamiz bo‘ylab davlat tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari rahbarlari, adliya organlari xodimlari, Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari, mahalla instituti va Kasaba uyushmalari Federasiyasi vakillarini jalb qilgan holda onlayn seminarlar tashkil qilish belgilangan.

ЖиззазОС 7 

Shu munosabat bilan joriy yilning 27–28 avgust kuni Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Byuro ekspertlari ishtirokida “O‘zbekistonda mavsumiy ishchilarni adolatli ishga yollash” mavzusida Jizzax viloyatida ham o‘quv-treninglar tashkil etildi..

ЖиззазОС 2 

Onlayn seminar davomida mavsumiy ishchilarni adolatli yollashda nimalarga e’tibor qaratishimiz zarurligi, majburiy mehnat nimaligi va paxta yig‘im terimi mavsumida ishlarni tashkillashtirishda asosiy nimalarga amal qilish zarurligi haqida ma’lumot berildi.

ЖиззазОС 6 

Shuningdek, ishtirokchilar tadbir so‘nggida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

ЖиззазОС 4