O'zbekistonda mehnat standartlarining bajarilishi bo'yicha birinchi yillik hisobot e'lon qilindi

08.05.2021

TOSHKENT, 2021-yil 7-may. – O'zbekiston hukumati iqtisodiyotning turli sohalarida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. So'nggi yillarda mehnat huquqlarini himoya qilishni kengaytirish va xalqaro mehnat standartlariga muvofiqligini oshirish masalalari mamlakat uchun asosiy ustuvor vazifa bo'lib kelmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O'zbekistonda mehnat masalalari shaffofligi, hisobot berish va kommunikatsiya qilish nuqtayi nazaridan xalqaro hamjamiyatning ehtiyojlari va kutishlarini o'rganish uchun "O'zbekistonda mehnat qonunchiligining bajarilishi to'g'risida shaffof hisobot" xalqaro tadbiri tashkil etildi.

Tadbir domida 2020-yilga asoslanib tuzilgan "O'zbekistonda mehnat huquqlarini ta'minlash" nomli yangi hisobot taqdimoti bo’lib o’tdi. Mehnat vaziri Nozim Xusanov ushbu hisobotni O'zbekiston hukumati asosiy tartibga solish islohotlarida "shaffoflik va hisobdorlik" tarafdorligi isboti ekanligini belgilab o’tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan nashr etilgan hisobotda Davlat mehnat inspeksiyasi - mehnat qoidalarining monitoringi va ijro etilishi uchun mas'ul bo'lgan organning hajmi va faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

“Biz ushbu hisobotni o'zbekistonlik ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida erishgan muhim yutuqlarimizni nishonlash uchun nashr etdik. Bundan tashqari, biz o'z maqsadlarimizga nisbatan shaffof bo'lishni va doimiy ravishda takomillashtirishga intilayotganimizda fuqarolik jamiyati va xalqaro manfaatdor tomonlarning bizni kuzatib borishlari uchun imkon yaratib berishni xohlaymiz ”, dedi Nozim Xusanov.

Hisobotda mehnat qonunchiligi va me'yoriy hujjatlarini mustahkamlash bo'yicha har yili o'tkazilgan ishlar umumiy sharhi, mehnat huquqlarini ta'minlashga mas'ul bo'lgan asosiy organlarning tuzilishi va boshqaruvi to'g'risidagi yangilangan ma'lumotlar hamda Vazirlikning monitoring, tergov va tushuntirish ishlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

O'zbekistonlik ishchilarga o'z huquqlari to'g'risida ma'lumot berish va ularga huquqbuzarliklar to'g'risida xabar berish vositalari bilan ta'minlash maqsadida olib borilgan targ'ibot kampaniyalari ish haqining to'lanmasligi, ish joyidagi baxtsiz hodisalar va majburiy mehnat kabi masalalar bo'yicha rasmiy shikoyatlarning doimiy ravishda ko'payishiga olib keldi. Mehnat inspeksiyasiga 2018-yilda 15000 ta shikoyat bo’lgan bo’lsa, 2020-yilda jami 27000 ga yaqin shikoyat kelib tushgan.

Hisobot taqdimotida Mehnat vazirining o'rinbosari Nodir Yoqubov ta'kidlaganidek, yig'ilgan ma'lumotlar Davlat shikoyatlarini tekshirish va keyingi choralarni ko'rish bo'yicha Davlat mehnat inspeksiyasining salohiyatini sezilarli darajada oshganligini ko'rsatadi.

Kompaniyalar tomonidan mehnat huquqlari buzilish holatlari tekshirilganda 2018-yilda qariyb 5600 tani tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda ularning soni 16700 tani tashkil qildi. Ushbu tekshiruvlar COVID-19 pandemiyasi tufayli kelib chiqqan moddiy-texnik muammolarga qaramay, o'zbekistonlik ishchilar yordamga ayniqsa muhtoj va zaif bo’lgan davrda o’tkazildi.

XMT va AQSh Davlat departamentining tavsiyalari, shuningdek, 2019-yilda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan va 2020-yilda kuchga kiradigan 81 va 129-sonli mehnat nazorati konvensiyasi talablariga muvofiq, Prezident farmoni loyihasi mas'ul vazirliklar va agentliklari tomonidan ushbu loyihada Davlat mehnat inspektsiyasi tuzilmasini takomillashtirish va mehnat inspektorlari sonini yanada ko'paytirish ko'zda tutilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat islohotlari sohasida xalqaro tashkilotlar va sherik mamlakatlarning texnik yordamidan foydalanishda davom etmoqda. Hisobot Jahon bankining mamlakat dasturlari koordinatori Sasha Djumena, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha DWT / CO direktori Olga Kulayeva, diplomatik korpus vakillari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Davlat mehnat inspeksiyasi, fuqarolik jamiyati, mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar yangi yillik hisobotda berilgan natijalar to'g'risida o'z fikrlarini o'rtoqlashdilar, shuningdek, O'zbekiston hukumatidan kelgusi umidlarini bildirdilar. Bunday hisobotni Mehnat vazirligi tomonidan har yili nashr etish va taqdim etish rejalashtirilgan.

Mazkur hisobotni elektron shaklda shu erdan yuklab olishingiz mumkin.