O‘zbekistonda jamoat ishlari dasturini birgalikda baholashni o‘tkazish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

19.06.2020

Joriy yilning 18-iyun sanasida videokonferensiya shaklida O‘zbekistonda jamoat ishlari dasturini baholashga bag‘ishlangan uchrashuvlar doirasidagi birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad XMT mutaxassislari tomonidan tuzilgan savolnomaga ishchi guruh javoblari asosidagi baholashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va muhokama qilish bo‘ldi. 

 photo_2020-06-18_17-06-13

O‘z chiqishida Bandlik va mehnat munosabatlarining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov ayniqsa COVID-19 pandemiyasi tufayli kelib chiqqan inqiroz davrida O‘zbekistonda jamoat ishlarining o‘sib borayotgan roli va dolzarbligini ta'kidlab o‘tdi. Jumladan, Jamoat ishlari fondining vaqt bo‘yicha bandligi xizmatlarining qamrovi va yo‘nalishlarini kengaytirish uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Shu bilan birga, E.Muxitdinovning so‘zlariga ko‘ra, jamoat ishlarini tashkillashtirishda bir qator muammolar saqlanib qolmoqda va ularni bartaraf etish uchun, xususan, XMT tashkiloti tomonidan xalqaro tekshiruv o‘tkazish zarur. 

 photo_2020-06-18_17-06-12 (2)

XMT mutaxassisi R.Pizarro jamoat ishlarining bunday bahosi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining milliy bandlik strategiyasi va funksional tahlilini ishlab chiqish bilan bir qatorda Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi doirasida XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida XMT Xalqaro maslahatchisi Maykel R. Lyu-Ki-Song videokonferensiya ishtirokchilarini O‘zbekistonda jamoat ishlari dasturini baholashni o‘tkazish jarayoni va keyingi uchrashuvlarning maqsadlari bilan tanishtirdi. Jumladan, keyingi sessiyalarda O‘zbekistonning ishchi guruhi jamoasi o‘zini-o‘zi baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni oladi, shuningdek dastlabki natijalarni taqdim etadi va XMT bilan birgalikda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikning keyingi qadamlarini aniqlashtiradi. 

 photo_2020-06-18_17-06-14

Uchrashuv davomida ishtirokchilar kun tartibida turgan 4 ta asosiy masalani muhokama qildilar: jamoat ishlari dasturi qatnashchilarini saralab olishda mavjud bo‘lgan qiyinchiliklar; AKT-tizimlarni joriy qilish va foydalanishdagi muammolar; dastur monitoringini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar; xususiy sektor bilan hamkorlik. Uchrashuv yakunida tomonlar keyingi uchrashuvda muhokama uchun kun tartibiga kiritiluvchi savollarning asosiy ro‘yxatini aniqlab oldilar.