O‘ZBЕKISTONDA ISHSIZLIK DARAJASI KAMAYDI

04.03.2024
 Mamlakatimizda 2023-yil yakuniga ko'ra ishsizlik darajasi  6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.
 
2023-yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
 
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.  
 
🧮 2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.