O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 9 ta tuman va shaharlarida Hududiy Biznes-inkubatorlar tashkil etildi

23.03.2022

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan xamkorlikda “Fargonaga vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyiрasi amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Loyihaning asosiy maqsadi — Fargona vodiysida istisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va qishloq tadbirkorligini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga o‘z biznesini yo‘lga quyishga amaliy va maslahat yordamlarini ko‘rsatish.

Ushbu loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaxarlari, Andijon viloyatining Marxamat, Jalaquduq va Andijon tumanlari xamda Namangan viloyatinig Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida Hududiy Biznes-inkubatorlar (HBI) tashkil etildi.

HBIlarni tashkil etishdan maqsad:

Farg‘ona vodiysidagi qishloq tadbirkorlarini iqtisodiyotning yangi tarmoqlariga jalb etish;

Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy salohiyat va ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, qishloq tadbirkorlari uchun iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini yoritish;

respublikada qishloq tadbirkorligini keng miqyosda rivojlantirish;

mahalliy tadbirkorlarga milliy va xalqaro savdo maydonchalariga chiqishda yordam berish;

yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardagi (agraroziq-ovqat sektori, turizm, to‘qimachilik/kiyim-kechak, kichik ishlab chiqarish) mikrofirma va kichik korxonalarda moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlarni xabardor qilish.

HBIlar quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiriladi:

«Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish» loyihasi doirasida chora-tadbirlar rejasi va natijalar ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
Farg‘ona vodiysida imkon qadar ko‘proq qishloq tadbirkorlarini HBIlar tomonidan qamrab olish uchun aholi bilan ishlash;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining mavjud xizmatlarini ko‘rib chiqish va salohiyatli tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida mavjud xizmatlar ro‘yhatini kengaytirish;
Farg‘ona vodiysida yoshlar va ayollar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan korxonalarga maxsus ko‘mak berish;
kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining ma’muriy, maslahat (konsalting) va uslubiy jihatdan ta’minlashga ko‘maklashish;
HBI rezidentlari uchun, jumladan, davlat ko‘magi vositalari yordamida moliyalashtirish olishda talabnomalar tayyorlashda ko‘maklashish;
HBI rezidentlari uchun axborot va ekspertlar resurslari ochiqligini ta’minlash;
muvaffaqiyatli korxonalarda stajirovkalar, turli mavzularda treninglar, tajriba almashish uchun forumlar tashkil etish;
kichik biznes sub’yektlari uchun mutaxassislar tanlab olish va jamoa shakllantirishda yordam berish;
HBIlarda kichik biznesning rivojlanishi haqida ma’lumotlar axborot-tahliliy bazasini ishlab chiqish;
tovarlar va xizmatlar potensial bozorlariga kelgusida kirish uchun HBI rezidentlarining biznes-loyihalarini tezlashtirishda ko‘maklashish;
biznes-ko‘rgazmalar va forumlarga ishtirok etish uchun tadbirkorlarni jalb qilish;
Uzbekiston hududi va xorijiy mamlakatlarda sotuvchi bilan xaridor uchrashuvini tashkil qilishda ko‘maklashish;
biznesni tashkil qilish va korxonalarni boshqarish masalalari bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish va bosib chiqarish;
davlat dasturlari doirasida mablag‘lar olgan tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Shubhasiz, mazkur loyihaning ishga tushirilishi Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.