O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T.K.Narbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

11.06.2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T.K.Narbayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Q.Kamalov, Oliy Majlis Senati a’zolari Ellikqal’a tumaniga tashrif buyurdilar. Ularga Ellikqal’a tumani hokimi S.S.Avezov, sektor rahbarlari xamrohlik qilmoqdalar.

Dastlab "Aqchako‘l” Ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan “O‘quv markazi” faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu markazda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi o‘qiyotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashmoqdalar.