O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish S I YO S A T I

26.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirining

2023-yil “ ____” maydagi

____ -buyrug‘iga

1-ilova

 

Ozbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish

S I YO S A T I

 

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (keyingi o‘rinlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida mehnat organlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligini, shuningdek, mehnat organlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.
  2. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – Foydalanish bo‘yicha talablar
    va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) hududiy
    va tarkibiy tuzilmalari ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.
  4. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;

aholining kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash.

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati Vazirlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
  2. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi, bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qat’iy nazar Vazirlik bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, hududiy boshqarmalar
    va tasarrufiy tashkilotlar hamda tizimdagi bo‘limlar xodimlariga tadbiq etiladi.
  3. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
  4. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:ish jarayonidagi mehmondostlik belgilari – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi togrisida vijdonan xabar berish – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;kontragent (shartnomaviy sherik) – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs; korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy
    yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi - qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;

korrupsiyaviy xavf-xatar - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;manfaatlar toqnashuvi - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi, uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun tolovlar - belgilangan
tartib-taomillar bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;xodimning shaxsiy manfaatdorligi - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);xodim - mehnat organi bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;yaqin qarindoshlar - ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar
va opa-singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi;

 

2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari 9. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:qonuniylik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Vazirlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;korrupsiyaga toqatsizlik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish ta’qiqlanadi;ochiqlik va shaffoflik - Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida vazirlik
va uning tizimidagi boshqarmalar (tashkilotlar) xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o
zaro bogliqligi - vazirlik
va uning tizimidagi boshqarmalar (tashkilotlar) korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab
va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;korrupsiya bilan bogliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan vazirlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘ngi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;togridan-togri rahbariyatga murojaat qilish - vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risida ishonchli
va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz idora rahbari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga murojaat qilishi mumkin;fuqarolik jamiyati vakillari bilan ozaro hamkorlik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring
va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda kuchaytirish choralarini ko‘radilar.

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimning elementlari

  1. Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning barcha xodimlariga korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, ya’ni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, ya’ni pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, va’da berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qat’iyan ta’qiqlanadi.
  2. Quyidagilar vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari hisoblanadi:
  3. a) korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha asosiy ichki hujjatlar mavjudligi, ya’ni vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:

Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati;

Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining
odob-axloq qoidalari;

Vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda aks ettirilgan tamoyillar va talablarni tashkil etadi;

  1. b) “Yuqoridan quyiga munosabat” – Yuqori darajada rahbarlik namunasi:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchilar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak;

Kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri, vazir orinbosarlari, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimni yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining
xavf-xatarga ega funksiyalari (yo‘nalishlari)ga korrupsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;

o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari
va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish;

  1. v) korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar funksiyalarining xususiyati, tashkiliy tuzilmasi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro faoliyat olib borishiga hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanadi va baholanadi;

korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash doirasida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining barcha sohalari korrupsiyaviy xavf-xatarga ko‘proq uchraydigan funksiyalarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilishning barcha shakllari va tartib-taomillari aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish uchun yetarliligi jihatidan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda - Bo‘lim deb yuritiladi)ning faol qo‘llab-quvvatlashi va nazorati ostida vazirlik va uning tizimidagi boshqarmalar (tashkilotlar)ning tegishli rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaviy harakatlarga “mutlaqo toqatsizlik”ni hisobga olgan holda mehnat organlari korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish ehtimoli va ta’sir qilish darajasidan qat’i nazar ularni boshqarish zaruratini tan oladi;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi shuningdek, aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillar vazirlik, hududiy boshqarmalar
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarida aks ettiriladi.

  1. g) korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul shaxslar va bolinmalar:

Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etilgan;

Bo‘lim vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali
va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun  hududiy va tasarrufiy tashkilotlarda ruxsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchilari korrupsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida Komplayens nazorat mutaxassisi bilan hamkorlik qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor) Vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom
va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar bo‘ladi;

Bundan tashqari, odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor)dan kelib tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinmagan hollarda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi.

Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor)
va Odob-axloq komissiyalari (yoki shunga o‘xshash komissiyalar) Vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;

  1. d) aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralari:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyati
va funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muhitini va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning Komplayens tizimini joriy etadilar.

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari uchun qat’iyligi va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini ta’minlashga intiladilar.

amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l xaritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi;

  1. e) axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish:

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ularning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb saytlariga joylashtiriladi.

Bundan tashqari, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi qonun hujjatlari normalari
va korrupsiyaga qarshi kurashish joriy etilgan tamoyillar va talablar haqida mehnat organlari xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qilish va tushuntirish bo‘yicha quyidagilar orqali barcha oqilona xatti-harakatlarni amalga oshiradi:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarini yiliga kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul qilinayotgan xodimlarni ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitish. Korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish/treninglar haqidagi ma’lumotlar Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi (bo‘limlari)da qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari
va fuqarolarning korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha
va korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan tematik audio-videoroliklar hamda boshqa axborot ma’lumotlaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlar o‘tkazish;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi, gumonlar yoki faktlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar (korrupsiya faktlari haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan usullari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining 4-bobida nazarda tutilgan) haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari bilan ta’minlash;

mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati qoidalarini qo‘llash yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi/korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari
va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga maslahatlar berish;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni kiritish;

tasdiqlangan rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xulq-atvor yuzasidan tashviqotlar o’tkazish;

kontragentlarni korrupsiyaga qarshi kurashish qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qilish va h.k.;

  1. g) monitoring, nazorat va hisobot:

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi
va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda monitoring
va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyati
va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta’sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib-taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov asosida vazirlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;

ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi/korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari vazir, vazirlik hay’ati va vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining yillik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

  1. z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatiga amal qilish va Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarning buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashqari, bevosita rahbarlar o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar
va tamoyillarni buzgan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda
va asoslarda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortililadilar;

xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga xabar berishlari shart; 

korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, Vazirlik tizimida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib-taomillarni buzgan xodimlar, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar, ularning sodir etilish sabablari
va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar.

 

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari

 

  • 1. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish

 

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) mehnat organlari manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat mavqeidan va (yoki) vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning mol-mulkidan foydalanmaslik
    va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.

Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining o‘zlarining xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.

  1. Vazirlik tizimining xodimlari ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi ma’lumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

 

  • 2. Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga otkazish, moddiy ragbatlantirish

 

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq keladi.
  2. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda ularning rahbarlari, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlarini mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

  • 3. Tekshirishlarni otkazish hamda davlat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatini organish

 

  1. Turli xil tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari
    va tasarrufiy tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – “Tekshirish ob’ektlari”) faoliyatini o‘rganishda vakolatli xodimlari:

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

ob’ektni tekshirish bir xodim tomonidan (yakka tartibda) amalga oshirilmasligi;

sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish ob’ekti vakillarining savodsizligidan foydalanib qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, tekshirilayotgan ob’ekt xodimlarini aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;

tekshirilayotgan ob’ektning xodimlariga tahdid qilmasligi;

tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasliklari va hujjatlarni so‘ramasliklari;

vakolatli xodimlar tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishlari;

agar tekshirish ob’ekti vakillari vakolatli xodimlarga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarini darhol xabardor qilishlari;

tekshirish ob’ekti vakillariga vakolatli xodimlarining axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.

  1. Xizmat majburiyatiga davlat organlari va tashkilotlarini tekshirish kiradigan tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha vakolatli xodimlar tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan nizolashish uchun apellyatsiya instansiyalari tashkil etiladi.

 

4-§. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar

 

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.
  2. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar kontragentlar bilan munosabatlarda o‘z faoliyatini amalga oshirishida qonuniylik
    va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar, tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayonini hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va sotib olinadigan mahsulotning Vazirlik tizimining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan bahosini aniqlashning shaffof tartibini ta’minlaydilar.
  3. 20. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar kontragent bilan o‘zaro hamkorligida:

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganligi, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari doirasida vazirlik tizimi xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentni (tanlov, tender g‘olibini
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid kontragentini) o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida ular bilan tuziladigan shartnomalar matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shgan holda xabardor qiladilar.

 

  • 5. Xayriya va homiylik faoliyati
  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari mumkin. Bunday yordamni olgan paytda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy
    veb-saytlarida yoritish bo‘yicha imkon qadar barcha choralarni ko‘rishlari mumkin.

 

  • 6. “Sirli mijoz” tadbiri

 

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezligini, shuningdek haqqoniy va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan mustaqil tashkilotlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligini aniqlash uchun xizmatlarning haqiqiy oluvchilari sifatida alohida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jalb etilgan mustaqil tashkilotlar bunday xizmatlarning sifati, muddatlari, shartlarini, shuningdek, vazirlik tizimi xodimlarining belgilangan axloq qoidalariga, shu jumladan xodimning pora olishga moyilligini belgilab boradi.
  2. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadilar va korrupsiya xavfi aniqlangan taqdirda xizmat tekshiruvi tayinlash haqidagi tashabbus bilan chiqadilar.

 

  • 7. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish

 

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining faoliyatini nazorat qilish uchun vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi.
  2. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning rasmiy
    veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan ayrim jarayonlar joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yig‘ilishlari va boshqalar).

 

  • 8. Ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
  1. Ichki xujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ham ekspertiza o‘tkaziladi.

 

  • 9. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga maslahat berish
  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati qoidalari yoki korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar
    va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollar bo‘lsa, ular o‘zlarining tarkibiy bo‘linmasi/ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hamda
    “+99871-200-06-00” ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

5-bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari
    va boshqa shaxslar, agar ular vazirlik tizimi xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda vazirlikning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.
  2. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z vakolatlari
    va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bergan shaxsning maxfiyligini ta’minlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
  3. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladilar va qasos olishga qaratilgan harakatlarga, shu jumladan ishdan bo‘shatish, lavozimni pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish, vazirlik tizimining boshqa xodimlarining shubhali harakatlari yoki ular tomonidan ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining korrupsiyaga qarshi talablarini buzish ehtimoli haqida xabar bergan shaxslarni ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlaydilar.
  4. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:

“+99871-200-06-00” telefon raqami va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan boshqa telefon raqamlar;

Mehnat vazirligining “t.me/mehnatvazirligi” Telegram kanali;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning rasmiy
veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning elektron pochta manzillari;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlariga.

  1. Vazirlik tizimining aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mehnat organlari
    va tasarrufiy tashkilotlarning ichki hujjatlariga muvofiq vazirlik tizimining mas’ul bo‘linmasi yoki xodimi tomonidan xolis tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.
  2. Anonim ravishda (faqat vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning Telegram kanallari orqali) yuborilgan xabarlar ham ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. O‘z nomini oshkor qilinmasligini istagan ariza beruvchi bunday holatda quyidagilarni tan oladi:

mehnat organlari xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan bog‘lana olmaydi;

mehnat organlari zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishning imkoniyati yo‘qligi sababli xabarni to‘liq va har tomonlama tekshirishni amalga oshira olmaydi.

  1. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan quyidagi holatlarda bog‘lanilmaydi:

to‘liq va keng qamrovli tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarning yo‘qligi;

vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimining qasddan yolg‘on ma’lumotni taqdim etishi ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatini buzilishi va axloqsiz xulq-atvorning namunasi sifatida qaralsa, bunday shaxs esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va vazirlikning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

  1. Vazirlik tizimida korrupsiya faktlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning xodimlari, agar bu ma’lumotlar tasdiqlangan bo‘lsa, ichki hujjatlarga muvofiq rag‘batlantiriladi.

 

6-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish tartibi

 

  1. Ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati quyidagi hollarda qayta ko‘rib chiqilishi va tuzatilishi kerak:

amaldagi Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda;

korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan
chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tug‘ilganda;

vazirlik tizimining tashkiliy tuzilmasi va (yoki) vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan o‘z vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar o‘zgarganda.