O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida imzolangan bitim yuzasidan yig'ilish o'tkazildi
2017 yilning 5- aprel sanasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi Bitim”ni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhining 7-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida ishchi guruhi tomonidan hamkorlikning keyingi istiqboli hamda COVID-19 pandemiyasi sharoitida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashkillashtirilgan migratsiya hajmi o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ortganligi qayd etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2020 yilda 7,8 mingdan ziyod, 2021 yil 27-iyul holatiga ko‘ra esa, 23 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida vaqinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.