O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ayni paytda Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.
28.11.2022
O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ayni paytda Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.
Tashrif doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Koreya Respublikasi Adliya vaziri Xan Dong Xun va Immigratsiya xizmati komissari Leye Jaye Yu bilan uchrashdi. Unda fuqarolarni Ye-8 vizasi asosida ishga yollash, O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga kirib borish tizimi, mehnat vizalari asosida turli sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.