O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari;

12.10.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI HAY’ATI A’ZOLARI TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga hamda 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati a’zolarining soni 9 (to‘qqiz) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

1.

Xusanov Nozim Baxtiyorovich

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

2.

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

Umurzakov Baxodir Xamidovich

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari

4.

Yakubov Nodirbek Gulmu�adovich

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

5.

Odinayev Kudratullo Asatulloyevich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i

6.

Maxmudov Temur Asomidinovich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i

7.

Po‘latov Shuxratjon Qurbanovich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik dasturini monitoring qilish va shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i

8.

Mamarasulov Fazliddin Umarovich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ko‘nikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

9.

To‘rabekov Mashrabbek Ulug‘bekovich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashkiliy va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi 90-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr,
645-son