O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti o‘tkazildi

01.06.2019

2019-yil 1-iyun O‘zbekiston fuqarolarini keyinchalik Koreya Respublikasida ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘zgarishlar uch muhim tamoyilga asoslangan:

– Korrupsiya va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik;

– Shaffoflik;

– Jamoat nazorati.

Nimalar o‘zgardi?

Birinchi, EPS-TOPICka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik sub'ektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi. Bilimni baholash markazlari ro‘yxati quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan: https://mehnat.uz/ru/services/reestr-centrov-ocenki-kompetenciy 

Ikkinchi, EPS-TOPICka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 2019-yil 1-iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.      

Uchinchi, EPS-TOPICka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda https://mehnat.uz/ru/pages/vozmozhnye-voprosy-po-koreyskomu-yazyku manzili bo‘yicha joylashtirilgan.

To‘rtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali ma'lumot olishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta'minlashga qaratilgan.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11