"Oylik maoshimizni ololmayapmiz" sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat
13.01.2022
Ijtimoiy tarmoqda "Oylik maoshimizni ololmayapmiz" mazmunidagi xabar https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/97 tarqalgan.
Ushbu holatni Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari o‘rgandi.
Aniqlandiki, "Uzavtotrans service" MCHJ ning taqdim etgan ma’lumotnomasi hamda fuqaroning bergan tushuntirish xatiga ko‘ra, oylik maoshlar to‘liq to‘lab berilganligini va hozirda hech qanday e’tirozi yo‘qligi ma’lum qilindi.