Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi aholini ish bilan ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi aholini jamoat ishlariga jalb etish uchun 508 mln.so‘m mablag‘ Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘ hisobidan 665 nafar fuqaro bandligi ta'minlangan.
Shuningdek, 5 gektar yerda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining 111,5 mln. so‘m mablag‘i hisobidan kooperativ tashkil etilib, unda 50 nafar fuqaro o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.
15 ta kam daromadli oila uchun yengil tipdagi issiqxona qurishi, shaxsiy va dala tomorqasida ekishga urug‘-ko‘chat va sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 33,5 mln.so‘m subsidiya berildi.
Joriy yilning 17-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Qo‘ng‘irot tumanida bo‘lib, tumandagi mavjud vaziyat va muammolarni o‘rgandi. Tumandagi issiqxonalar, jumladan “Qo‘ng‘irot innovatsion tomorqa” MChJ, “Baxadur Maksud” fermer xo‘jaligining gidroponika issiqxonasi bilan tanishdi. Bu issiqxona bandligi ta'minlanmagan aholi uchun yangi ish o‘rni bo‘lishi ta'kidlandi. Shuningdek, tumanning Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi tashkil etilayotgan “Qo‘ng‘irot meva-savzavot” ishlab chiqarish kooperativi olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.