OLIY SUD PLENUMI MAJLISI BO'LIB O'TDI

20.11.2023

 Bugun Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” gi yangi tahrirdagi qarori ko‘rib chiqildi.

 Unda Kambag‘allikni qisqartish va bandlik vazirligi mas’ullari ham ishtirok etdi.

Plenumning mehnat shartnomasini bekor qilish nizolariga oid yangi qarori qabul qilinishi nafaqat sudlar, balki ish beruvchilar uchun ham o‘ziga xos qo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Ma’lumot uchun: Mazkur Plenum qarori 1998-yil 17-aprelda qabul qilingan edi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi amaliyotga joriy qilingandan so‘ng, ushbu qarorga ham qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qaror loyihasini ishlab chiqishda Kambag‘allikni qisqartish va bandlik vazirligi mutaxassislarining ishtiroki va takliflari alohida ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.