Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va ...
Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHga tashrifning ilk kunida AQSH rasmiylari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi. Unda delegatsiya tarkibidan o'rin olgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ham ishtirok etdi.
Xususan, AQSH Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar mamlakatda majburiy mehnatga barham berish, odam savdosining oldini olish va unga chek qo‘yish, qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish, bu borada xalqaro tuzilmalar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan huquqiy hamda institutsional chora-tadbirlar muhokama qilindi.