Оilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

02.04.2024

Senatning 51-yalpi majlisida (https://t.me/senatuz/27305) “Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu Konvensiyaning maqsadi – haq to‘lanadigan ishni bajaradigan yoki bajarishni xohlaydigan, ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabat va teng imkoniyatlarni taʼminlash, oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarning kamsitishga uchramagan hamda imkon qadar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni uyg‘un tarzda birlashtirgan holda o‘z huquqlaridan foydalana olishdir.

XMTning 156-sonli Konvensiyasi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va hamma toifadagi ishchilarga nisbatan qo‘llaniladi, shuningdek, barcha talablari O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.
Muhokama yakunlari bo‘yicha Qonun maʼqullandi.

Ma’lumot uchun, ushbu konvensiya hozirgi kunga qadar XMTga aʼzo bo‘lgan 187 ta davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.