“Ohangaronshifer” AJda noqonuniy qisqartirish amalga oshirilaypti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronshifer” AJda noqonuniy qisqartirish amalga oshirilayotgani, joriy yil 23 iyun kuni O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Ohangaronshifer” AJ bosh direktorligiga ishlab chiqarishdan bexabar, sobiq prokuratura xodimi direktor qilib tayinlangani, yangi direktor tayinlanganini eshitgan 4 oydan buyon maosh ololmayotgan ishchi-xodimlar xursand bo‘lishgani, ammo yangi rahbar 27 iyunga qadar barcha maoshlarni to‘lab beraman degan va’dasini bajarmayotgani, ishchilar 5 oydan beri maosh olmayotgani haqida xabar e'lon qilindi.
Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.